
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktorining 2025-yil 10-sentabrdagi “Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida yoshlar oʻrtasida turli tadbirlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 67-I sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida institutda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalarini tashkil etish belgilangan edi.
2025-yilning 23-24 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sportning stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Qizgʻin va murosasiz oʻtkazilgan musobaqa yakunida har bir yoʻnalish boʻyicha 1,2,3-oʻrin gʻoliblari aniqlandi. GʻoliblarO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi hamda Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.









