Xitoyning Sian shahridagi Shimoliy-G‘arbiy Politexnika Universiteti bilan Memorandum imzolash

18 Май 2023

2023 yilning 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan davlat tashrifi dorasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasitarkibidaIon-plazma va lazer texnologiyalari institutining yetakchi ilmiy xodimlari I.I.Tajibayev va A.A.Saparbayevlar Xitoyning Sian shahridagi Shimoliy-G‘arbiy Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar hamda erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng muzokaralar zaliga o‘tishdi.  

Muzokaralar chog‘ida Shimoliy-G‘arbiy Politexnika Universiteti prezidenti, prof. Song Baowei,  O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari, prof. Sh.U.Turdikulova, Shimoliy-G‘arbiy Politexnika Universiteti vitse-prezidenti prof. Zhang Yanning, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti prorektori prof. O.O.Zaripov hamda Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori, prof. X.B.Ashurovlar so‘zga chiqib bugungi tadbirdagi ishtiroki bilan bir-birlarini samimiy qutladilar hamda O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi fan va ta'lim sohasidagi aloqalarni ta'kiblab o‘tdilar.

Shundan so‘ng Xitoyning Sian shahridagi Shimoliy-G‘arbiy Politexnika Universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti o‘rtasida ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida “MEMORANDUM” imzolandi.

ФОТО: