Xitoy Xalq Respublikasi universitetlari bilan ilmiy aloqalar mustahkamlanmoqda

22 noyabr 2024

2024-yilning 30-oktyabridan 22-noyabrigacha Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti “Optika va spektroskopiya” laboratoriyasi mudiri, f.-m.f.d. Maxmanov Urol Kudratovich Xitoyning Nankin fan va texnologiyalar universitetida ilmiy safarda bo‘ldi.

U.K. Maxmanov 1-4 noyabr kunlari Nankin fan va texnologiyalar universitetida tashkil etilgan “2024 International Nano-structured Energetic Materials Workshop” ilmiy konferensiyasida ishtirok etdi va “Stability of fullerene nanostructures to external influences” mavzusida ma’ruza qildi. Undan tashqari safar davomida ushbu universitetda o‘tkazilgan boshqa ilmiy tadbirlarda ham ishtirok etdi. Jumladan, 13-noyabr kuni Nankin fan va texnologiyalar universitetining Kimyo va kimyo muhandisligi fakultetida xalqaro konferensiya tadbirida qatnashib, O‘zbekistonda qilinayotgan ilmiy tadqiqotlari va kelgusi ustuvor rejalari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

U.K. Maxmanov Nankin fan va texnologiyalar universitetining Kimyo va kimyo muhandisligi fakulteti bilan ilmiy hamkorlikni amaliy darajaga chiqardi. Hamkorlikda ilmiy tajribalarda olingan natijalar muhokama qilinib, kelgusida qo‘shma loyihalar tanlovida ishtirok etishga kelishib olindi.

Qolaversa, konferensiyada ishtirok etgan boshqa xorijiy va mahalliy olimlar bilan ilmiy aloqalarni o‘rnatish va kelgusidagi ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.

ФОТО: