14 октябрь 2024

2024-yilning 9-12-oktyabr kunlari Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti “Optika va spektroskopiya” laboratoriyasi mudiri, f.-m.f.d. Maxmanov Urol Kudratovich Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasining institutlariga ilmiy safar uyushtirdi.
Safar davomida Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi S.U.Umarov nomidagi Fizika-texnika institutining 60 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan “Fizikaning zamonaviy muammolari” IX xalqaro anjumanda faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Anjumanda Maxmanov U.K. Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda erishilgan muhim natijalar bo‘yicha ma’ruza qildi. Qolaversa, anjuman ishtirokchilari bo‘lgan boshqa horijiy va mahalliy olimlar bilan ilmiy aloqalarni o‘rnatish hamda kelgusidagi ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.
ФОТО:

