“Sog‘lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida ommaviy badantarbiya

7 апрель 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-martdagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida qayd etilgan 2025-yil barcha mahallalarda umumiy 4 million xotin-qizni ommaviy sport musobaqalariga jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 5-aprel kuni Toshkent shahridagi “Milliy bog‘”da xotin-qizlar bilan “Sog‘lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida ommaviy badantarbiya hamda besh ming qadam yurish sport tadbiri o‘tkazildi. Unda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining xotin-qizlari ham faol ishtirok etishdi.

ФОТО: