
2025-yil 23-aprel kuni Xalqaro Hukumatlararo ilmiy-tadqiqotlar tashkiloti “Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti” direktori G.V.Trubnikov boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga tashrif buyurishdi.
Tashrif chog‘ida O‘zR Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti direktori O.R.Parpiyev, Akademik S.A.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti direktori X.K.Olimov va U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori X.B.Ashurovlar yig‘ilganlarga institutning umumiy faoliyati, ilmiy yo‘nalishi, olib borilayotgan tadqiqotlar hamda erishilgan natijalar to‘g‘risida taqdimot qilishdi. O‘z navbatida Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti direksiyasi va laboratoriya mudirlari ham institut faoliyati, O‘zbekiston olimlari bilan birgalikda olib borayotgan tadqiqotlari va erishilgan muhim natijalari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.
Shundan so‘ng barcha delegatsiya a’zolari institutning ilmiy laboratorilariga tashrif buyurib u erda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishishdi va kelgusida o‘zaro hamkorlikda olib borilishi mumkin bo‘lgan taqiqotlar hamda imkoniyatlarni muhokama qilishdi







