RESPUBLIKA MUHANDISLIK TANLOVIDA ISHTIROK

15 сентябрь 2025

2025-yilning may–iyul oylarida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi g‘oliblar e’lon qilindi.

Mazkur tanlov uch bosqichda tashkil etilib, unda 40 yoshgacha bo‘lgan 1262 nafar iqtidorli yosh muhandis o‘z intellektual salohiyati va yangicha qarashlarini namoyon qildi. Ularning loyihalari innovatsionlik, samaradorlik, amaliy qo‘llash imkoniyati hamda barqaror rivojlanish mezonlari asosida baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra jami 28 nafar g‘olib aniqlandi. Ular orasida Fanlar akademiyasi U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori (DSc) Vahobjon Quvondiqov  muhandislik yo‘nalishida “Eng yaxshi g‘oya” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib Vahobjon Quvondiqov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining maxsus Sertifikati hamda xorijiy mamlakatlarda stajirovka o‘tash yo‘llanmasi bilan taqdirlandi.

ФОТО: