Optika va spektroskopiya laboratoriyasi

Laboratoriya mudiri:
Fizika-matematika fanlari doktori, kat.i.x.
Maxmanov Urol Kudratovich
e-mail: urol_m@mail.ru

Laboratoriyada olib boriladigan asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari:

  • Nano o‘lchamli zarrachalar fizikasi;
  • Nano o‘lchamli ob'ektlarning optik va nochiziqli optik xususiyatlari;
  • Turli xil organik erituvchilardagi nanozarrachalarning sof kukunlari va nanoo‘lchamli materiallarning eritmalari (masalan, C60, C70, C76, ... fullerenlar, fullerenlarning endo- va ekzoedral hosilalari, bir va ko‘p qatlamli nanoquvurlar) ning fizik xususiyatlarini o‘rganish;
  • Eritmalarda C60 va C70 fullerenlarning monomolekulyar kristalli va fraktal nanoagregatlarini boshqariladigan sintezi;
  • Qattiq taglik sirtida fullerenlar asosida boshqariladigan bir o‘lchovli nanostrukturalar (nanoquvurlar, nanoviskerlar, nanorodlar) sintezi;
  • Ikki va ko‘p komponentli suv-organik muhitda geteromolekulyar tuzilmalarni sintez qilish;
  • Suyuq tizimlardagi molekulalararo o‘zaro ta'sirlarni sonli modellashtirish va nazariy o‘rganish.

O‘zR FA IPLTI “Optika va spektroskopiya” laboratoriyasining ilmiy guruhi nanozarrachalar fizikasi sohasida ko‘p yillik tajribaga ega. Ular C60 va C70 fullerenlarining, shuningdek ularning endo- va ekzoedral hosilalarining bir qator bir komponentli (toluol, benzol, ksilol, ...) va ikki komponentli (toluol+atsetonitril, toluol+etanol, benzol+atsetonitril, ksilol+geksan, ...) organik erituvchilarda erishi xususiyatlarini eksperimental ravishda o‘rgandilar. C60, C70 fullerenlari va ularning C60+C70 ko‘rinishdagi aralashmalarining turli bir va ko‘p komponentli erituvchilardagi turli kontsentratsiyalardagi eritmalarining elektron (200¸1100 nm) va IQ (400¸2000 sm-1) yutilish spektrlaridagi asosiy qonuniyatlar tadqiq qilingan. Ilk bor bir va ikki komponentli turli xil organik erituvchilarda C60 va C70 fulleren molekulalarining o‘z-o‘zini yig‘ish va o‘z-o‘zini tashkil qilish jarayonlarining asosiy fizik qonuniyatlari o‘rganildi. Fullerenlar eritmalarida turli shakl va o‘lchamdagi ham monomolekulyar zich yig‘ilgan kristallsimon, ham fraktal g‘ovak (C60)m va (C70)m nanoagregatlari sintez qilishning boshqariladigan selektiv usullari ishlab chiqilgan (bu yerda m - nanoagregatlardagi C60 va C70 fulleren molekulalari soni).

C60 va C70 eritmalarida impulьsli lazer nurlanishida elliptik qutblanishining nochiziqli burilishi effekti aniqlandi. Eritmalarda C60 va C70 fullerenlari agregatlarining hosil bo‘lishi va o‘lchamlarining o‘sishi jarayonlari bilan muhitdan o‘tayotgan lazer nurlanishi ellipsli qutblanishi nochiziqli burilish burchagi qiymatlari orasida o‘zaro bog‘liqliklar topildi.

Laboratoriya AQSh, Yevropa va MDH mamlakatlaridagi ko‘plab ilmiy markazlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Texas universiteti va Texas universitetining nanotexnologiya instituti (Dallas, AQSh), Berlindagi Kolloidlar instituti, Nochiziqli optika va qisqa impulьsli spektroskopiya instituti (Berlin, Germaniya), M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiya FA A.M. Proxorov nomidagi Umumiy fizika instituti, Rossiya FA Spektroskopiya instituti, Rossiya FA SF lazer fizikasi instituti (Novosibirsk), Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universiteti, Kiyev Milliy universiteti qoshidagi Yuqori texnologiyalar instituti, Ukraina Milliy Fanlar akademiyasining Fizika instituti, Milliy fanlar akademiyasining B. I. Stepanov nomidagi Fizika instituti (Belarus), Latviya universiteti (Latviya) va boshqalar.

O‘zbekiston Milliy universitetining fizika fakulьteti, Samarqand davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Namangan davlat universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy jamoasi olimlari bilan hamkorlikda ilmiy kadrlar tayyorlash borasida ishlar olib borilmoqda.

Ilmiy guruhning yangi yuqori texnologiyali ishlanmalar bo‘yicha bir qator yutuqlari "Kogerent va nochiziqli optika bo‘yicha xalqaro konferentsiya" ICONO-2010 (Qozon, Rossiya, 2010) va "Yarimo‘tkazgichlar va amaliy fizika bo‘yicha xalqaro simpozium" ISPSA-2014 yil (Jeyju, Koreya, 2013 yil) xalqaro konferentsiyalarida sinovdan o‘tkazildi.

2021 yil 28 may kuni “Optika va spektroskopiya” laboratoriyasi mudiri U.K. “S60, S70 organik makromolekulalari hamda uglerodli nanotrubkalarning eritmalarda va bug‘lanayotgan tomchilar hajmida o‘z-o‘zidan tashkillanish mexanizmlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va 01.04.05 – "Optika" ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oldi.

Hozirgi kunda O‘zR FA IPLTI  “Optika va spektroskopiya” laboratoriyasida PhD doktorantlar Sh.A. Esanov va D.T. Bozorovalar falsafa doktorligi dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Laboratoriya amalga oshirilayotgan ilmiy mavzulari bo‘yicha ilmiy xodimlarimiz tomonidan davriy ravishda bakalavrlik bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilib kelinmoqda.

Asosiy ilmiy fundamental natijalar

Ilk bor turli xil bir va ikki komponentli organik erituvchilarda (toluol, benzol, toluol+etanol, toluol+atsetonitril, benzol+etanol, ksilol+geksan va boshqalar) C60 va C70 fulleren makromolekulalarining o‘z-o‘zidan tashkillanish jarayonlarining asosiy fizik qonuniyatlari o‘rganildi.

Bir va ikki komponentli organik erituvchilarda sintez qilingan (C60)m va (C70)m fullerenlar nanoagregatlarining o‘lcham xarakteristikalari va strukturaviy xususiyatlari aniqlangan.

Muvozanatli va muvozanatsiz usullarda tayyorlangan toluol, ksilol va benzoldagi C60 va C70 eritmalarida fullerenlar molekulalarining o‘z-o‘zidan tashkillanishlari hisobiga mos ravishda zich taxlangan monomolekulyar nanoagregatlari va kvazisferik shakldagi katta fraktalli nanoagregatlari sintezlanishi imkoniyatlari yuqori aniqlikdagi o‘tuvchi elektron va atom kuchli mikroskopiya metodlarida o‘rnatildi.
S60 va S70 fullerenlari molekulalarining eritmalarda agregatlanish darajasini bilvosita nazorat qilishning optik va nochiziq-optik usullari ishlab chiqildi.

Fullerenlarning bir va ikki komponentli organik erituvchilardagi eritmalarida diametrdagi geometrik o‘lchamlari mos ravishda ~600 nm va ~50 nm bo‘lgan g‘ovak fraktal va zich yig‘ilgan kristallsimon nanoagregatlarini eksperimental boshqariladigan sintez qilish usullari ishlab chiqildi.

Ilk bor qattiq taglikning tekis sirtida joylashgan bug‘lanayotgan «eritmalar tomchilari» hajmida fullerenlarning nanostrukturali fraktal, shuningdek zich taxlangan (C60)m va (C70)m  klasterlarini tezkor sintez qilish usuli taklif qilindi va amalga oshirildi.
Ilk bor C60 fulleren molekulalaridan iborat nano- va mikroo‘lchamli organik strukturalar (nanoviskerlar, nanotrubkalar, nanoplenkalar va nanoqoplamalar) ni olishning «tomchi usuli» taklif qilingan;

S70 fullerenining bir va ikki komponentli organik erituvchilardagi (toluol, benzol, toluol+atsetonitril, toluol+etanol) eritmalarida impulьsli lazer nurlanishi (l»532 nm) elliptik qutblanishining o‘z-o‘zidan nochiziqli burilish effekti lazer nurlanishining elliptik qutblanishida kuzatilib, chiziqli qutblanishida yo‘qolishi aniqlangan.

Ilk bor C60/70 eritmalarida impulьsli lazer nurlanishi elliptik qutblanishining nochiziqli burilish effekti nurlanishning faqat elliptik qutblanishida kuzatilishi aniqlangan. C60/70 eritmalarida ham lazer nurlanishi intensivligining, ham elliptiklik darajasining oshishi ellipsli qutblanish burilish burchagining oshishiga olib kelishi ko‘rsatilgan.
S70 va C60/70 fullerenlarining toluoldagi va toluol+atsetonitril aralashmasidagi eritmalarida fullerenning turli kontsentratsiyalari va lazer nurlanishi qutblanishining turli elliptiklik darajalariga mos nochiziqli sindirish ko‘rsatkichi ( ) va nochiziqli kubik qabul qiluvchanlik ( ) larning aniq qiymatlari aniqlangan.

Ilk bor dimetilformamid, tetragidrofuran va etanolning suvli eritmalarining kompleks dielektrik singdiruvchanlikning ortiqcha qiymatlarining o‘zgarishi molekulyar dinamika usuli bilan keng harorat oralig‘i (20-60 °S) da o‘rganildi.

“Tetragidrofuran+suv”, “tetragidrofuran+dimetilformamid”, “etanol+suv” va “dimetilformamid+suv” aralashmalarida vaqtga chidamli geteromolekulyar komplekslarning hosil bo‘lishi birinchi marta optik refraktometriya metodida aniqlandi.

Turli binar erituvchilar aralashmalarida sintezlangan geteromolekulyar strukturalarning barqarorligi komponentlarning boshlang‘ich kontsentratsiyasiga, shuningdek eritmalarni saqlash muddatiga bog‘liqligi aniqlandi.

Asosiy ilmiy amaliy natijalar

Fullerenlar eritmalarida turli shakl va o‘lchamdagi ham monomolekulyar zich yig‘ilgan kristallsimon, ham fraktal g‘ovak (C60)m va (C70)m nanoagregatlari olishning boshqariladigan selektiv usullari ishlab chiqilgan;

Fulleren makromolekulalarining eritmalarda o‘z-o‘zidan tashkillanish va o‘z-o‘zidan yig‘ilish jarayonlarini diagnostika qilish, shuningdek eritmalarda sintez qilingan fulleren nanoklasterlarining barqarorlik darajasini aniqlash uchun eksperimental optik usullar ishlab chiqilgan.

Bug‘lanayotgan tomchilar hajmida C60 fullerenlari asosida nanoo‘lchamli organik strukturalarni (nanoviskerlar, nanotrubkalar, nanoplenkalar va nanoqoplamalar) olishning boshqariladigan selektiv usullari ishlab chiqilgan.

Nanozarracha eritmalarining elektron yutilish spektrlarini qayd qilish uchun optik eksperimental qurilma.

 "Motic B1-220A" markali optik binokulyar mikroskopi (kattalashtirishi: 1000x).

Suyuq muhitning sindirish ko‘rsatkichining qiymatlarini   aniqlikda o‘lchash uchun " PAL-BX/RI " markali yuqori sezgir raqamli refraktometr (ishlab chiqaruvchi ATAGO, Yaponiya).

FiveEasy™ (METTLER TOLEDO, Rossiya) markali suyuq muhitning pH va elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash uchun yuqori aniqlikdagi laboratoriya statsionar qurilmasi.

Namunalarning infraqizil yutilish spektrini o‘lchashga muljallangan SPECORD 75IR (CARL ZEISS, Germaniya) markali spektrofotom