
2023 yilning 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan davlat tashrifi dorasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasitarkibidaIon-plazma va lazer texnologiyalari institutining yetakchi ilmiy xodimlari I.I.Tajibayev va A.A.Saparbayevlar Xitoyning Sian shahridagi Shimoliy-G‘arbiy Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar hamda erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng muzokaralar zaliga o‘tishdi.
Muzokaralar chog‘ida Shimoliy-G‘arbiy Politexnika Universiteti prezidenti, prof. Song Baowei, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari, prof. Sh.U.Turdikulova, Shimoliy-G‘arbiy Politexnika Universiteti vitse-prezidenti prof. Zhang Yanning, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti prorektori prof. O.O.Zaripov hamda Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori, prof. X.B.Ashurovlar so‘zga chiqib bugungi tadbirdagi ishtiroki bilan bir-birlarini samimiy qutladilar hamda O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi fan va ta'lim sohasidagi aloqalarni ta'kiblab o‘tdilar.
Shundan so‘ng Xitoyning Sian shahridagi Shimoliy-G‘arbiy Politexnika Universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti o‘rtasida ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida “MEMORANDUM” imzolandi.




