Malayziya davlati “MIMOS Berhad” tashkiloti delegatsiyasining tashrifi

13 июнь 2025

2025-yilning 12-iyun kuni Malayziya davlati “MIMOS Berhad” tashkiloti prezidenti Dr. Shukri Embong boshchiligidagi delegatsiya U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga tashrif buyurdi.

Dr. Shukri Embong  “MIMOS Berhad” tashkiloti faoliyati hamda mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar sohasidagi ishlari toʻgʻrisida ma’lumot berdi. Shundan soʻng ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Mirtemir Kurbanov institutning umumiy faoliyati va ilmiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida ma’lumot berdi. Ikki tomonning monosilan asosida polikristall kremniy olish texnologiyalari hamda perovskit quyosh elementlari sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.  

Shundan soʻng delegatsiya a’zolari laboratoriyalarga tashrif buyurib, bevosita ushbu sohada olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishishdi.

ФОТО: