
Joriy yilning 13 mart kuni O‘zR FA Birlashgan kasaba uyushmasi raisi Sh.S.Jo‘rayev raisligida Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti mehnat jamoasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut direktori, t.f.d., prof. X.B.Ashurov hamda institut Kasaba uyushmasi raisi Z.E.Muxtarovning 2021-2023 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish davomida institut rahbariyati Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, sog‘lomlashtirish ayniqsa institutda faoliyat yuritayotgan ayollar va yoshlarga barcha sharoitlarni yaratish va imtiyozlar belgilash, qolaversa yangi mehnat kodeksidagi o‘zgarishlarni ham inobatga olgan holda jamoa shartnomasi asosida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.





