“INNOWEEK.UZ-2024” XALQARO INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGIDA ISHTIROK

16 noyabr 2024
2024-yilning 14-16 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “InnoWeek.Uz-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazildi. Haftalik doirasida bir qator tadbirlar, jumladan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi, forum, anjuman va seminarlar tashkil etildi. Ko‘rgazmada U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti ilmiy xodimlari ham “Gidroksiapatit kristallari”, “Perovskit Quyosh elementi”, hamda “Magnetronli changlatish manbasi” kabi bir qator ilmiy ishlanmalar bilan ishtirok etishdi. Qolaversa 15 noyabr kuni “Innoweek.uz” — Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi Ilmiy va innovatsion faoliyat bo‘yicha III xalqaro forumda institutning Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari prof. M.Sh.Kurbanov, yetakchi ilmiy xodimi I.I.Tajibaev, katta ilmiy xodimi B.Sh.Kasimov hamda tayanch doktorantlar I.R.Boynazarov va D.T.Bozorovalar ishtirok etishdi. Haftalik yakunida agentlik tomonidan ko‘rgazmada faol ishtirok etgan tashkilotlarga “Innoweek 2024” statuetkalari topshirildi.
ФОТО: