Fanlar akademiyasi prezidenti OAV vakillari bilan uchrashdi

26 июнь 2025

2025-yil 26-iyun kuni “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti, akademik Shavkat Abdullayevich ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar, dolzarb muammolar hamda ilmiy faoliyatni yoritishda OAVning o‘rni alohida ta’kidlandi. Tadbirda Fanlar akademiyasi prezidenti OAV vakillarining savollariga javob berib, Akademiya tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, innovatsion loyihalar hamda xalqaro hamkorlik borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda ilm-fanning ommabopligini oshirish, yoshlarni ilm-fanga jalb etish va jamiyatda ilmiy tafakkurni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Fanlar akademiyasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilishda yaqindan yordam berayotgan OAV vakillari hamda tizim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matbuot kotibi bilan samarali ishlayotgan bir qator faol xodimlar munosib taqdirlandi.

Jumladan, U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti katta ilmiy xodimi Beknazar Kasimov ham O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti, akademik Shavkat Ayupov tomonidan Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

ФОТО: