“Eng faol yosh olim” tanlovining final bosqichi o‘tkazildi

25 апрель 2025
2025-yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida “O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi” Respublika kengashi hamkorligida “Eng faol yosh olim” tanlovining final bosqichi o‘tkazildi. Unda U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti katta ilmiy xodimi f.-m.f.n. (PhD) R.R.Jalolov ham o‘z ilmiy ishi va taqdimoti bilan ishtirok etdi. Tanlov yakunida yo‘nalishlar bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rinlar aniqlandi. Tanlov g‘oliblariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, shuningdek, R.R.Jalolov fizika-matematika va texnika fanlari yo‘nalishida faol ishtirok etganligi uchun diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
ФОТО: