Nanjing Tech universiteti delegasiyasining tashrifi

7 октябрь 2025

2025-yilning 3-6-oktabr kunlari Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida amalga oshirilayotgan AL-8724053065 sonli Oʻzbekiston - Xitoy qoʻshma amaliy loyihasi doirasida rejalashtirilgan hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadida, loyihaning Xitoy tomonidagi hamrahbari Nanjing Tech universiteti School of Flexible Electronics Future Technologies ilmiy maktabi professori Sunsun Li va loyiha  ishtirokchilari Nanjing Forestry universiteti professori Lingling Zhu hamda  Nanjing Tech universiteti School of Flexible Electronics Future Technologies ilmiy maktabi professorlari Chao Ma va Zhen Wang rasmiy taklifga binoan institutga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida loyiha doirasida belgilangan yarim shaffof organik quyosh elementlarini olish boʻyicha Oʻzbekistonda va Xitoyda olib borilgan qoʻshma tadqiqotlarda erishilgan natijalarni muhokama qilish boʻyicha seminar tashkil etildi.  Soʻngra “Kondensirlangan muhitlar optikasi” laboratoriyasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, loyiha maqsadiga koʻra, kelgusida yarim shaffof organik quyosh elementlarning termik stress ta’siriga chidamliligini oʻrganish, hamda issiqxonalarda qoʻllash uchun samarali va barqaror shaffof OFElar laborator namunalarini olishga qaratilgan ikki tomonlama Oʻzbekiston va Xitoydagi tadqiqotlar rejalashtirildi.

ФОТО: