XALQARO HAMKORLIK

5 август 2025

2025-yil 8-iyundan – 2-avgustga qadar U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti etakchi ilmiy xodimi PhD I.I.Tajibayev, kichik ilmiy xodim F.M.Roʻziyev hamda 3-bosqich tayanch doktorant I.R.Boynazarovlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan AL-8724053061-sonli Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma amaliy loyihasi doirasida rejalashtirilgan hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun Xitoy Xalq Respublikasi Sian shahridagi Shimoli-Gʻarbiy politexnika universitetida ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida xizmat safarida boʻlib qaytdi.

Shu bilan bir qatorda institut etakchi ilmiy xodimi I.I.Tajibayev XXR National Foreign Expert Individual Human Project (H20240043) loyihasi doirasida xorijiy ekspert sifatida ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etdi. Ilmiy tadqiqotlar State Key Laboratory of Solidification Processing laboratoriyasida Professor Xuanxua Li bilan xamkorlikda olib borildi.

Ilmiy izlanishlarda perovskit quyosh elementlari uchun kremniy asosidagi oʻz-oʻzidan tiklanuvchi polimerga asoslangan Sharqiy (Xitoy) va Markaziy Osiyo (Oʻzbekiston) iqlim sharoitlariga mos inkapsulyasiya materiallari ustida olib borildi. Bundan tashqari turli passivlovchi moddalar yordamida perovskit defektlari miqdorini kamaytirish, samaradorligi hamda barqarorligini oshirish boʻyicha ham tadqiqotlar oʻtkazildi.

ФОТО: