Tehron Universiteti Professori S. Mehdi Vaez Allaeini institutga tashrifi

7 октябрь 2025

2025-yilning 3-oktyabr kuni Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga Eronning Tehron Universiteti Professori,Abdus Salam nomidagi nufuzli Xalqaro nazariy fizika markazining (ICTP, Italiya) doimiy a’zosi S. Mehdi Vaez Allaei tashrif buyurdi. Professor Allaei hisoblashuv qattiq jismlar fizikasi va nanoo‘lchamdagi issiqlik transporti bo‘yicha dunyodagi yetakchi  mutaxassislardan biridir. Mehdi Vaez “Atomistik simulyatsiyalardan tajribalarga: nano‘lchamdagi issiqlik transporti  tahlili” mavzusida ma’ruza qildi. Instiut ilmiy xodimlari va yosh olimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Ma’lumot uchun Tehron Universiteti hamda Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolagan.

ФОТО: