
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-levraldagi PF-37-son Farmonining 27-bandiga ko‘ra ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish belgilangan.
2025-yilning 23-iyul kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

