
2025-yilning 15-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Nankin fan va texnologiyalar universiteti (Nanjing University of Science and Technology) Rektori professor/akademik FU Mengyun boshchiligidagi delegatsiyasi U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif chogida ikki tomonlama imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida ilm-fan sohasida hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, kimyo muhandisligi va materialshunoslik sohalarida aloqalarni kengaytirish hamda kelgusidagi rejalarning bajarilishi muhokama qilindi. Shuningdek davlatlararo muntazam ravishda e'lon qilinayotgan hamkorlikdagi qoʻshma loyihalar tanlovlarida ishtirok etish, yoshlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish kerakligi ta'kidlandi.
Shundan soʻng delegatsiya a’zolari laboratoriyalarga tashrif buyurib, bevosita institutda bajarilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishishdi. Ayniqsa institutda tashkil etilgan “Nano oʻlchamdagi modellashtirish guruhi (NMG)” tomonidan fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlarni kompyuter simulyasiyasi yordamida tadqiq etish ishlari delegasiya a’zolarida katta taasurot qoldirdi.
Tashrif soʻnggida ikki tomon rahbarlari bir-birlariga esdalik sovgʻalarini topshirdilar.







