
2025 yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2025-yil 6-martdagi 2/4; 16-15“S”-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarida “Eng faol yosh olim” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentining 2025-yil 11-martdagi 18-38-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Eng faol yosh olim” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda institutning 35 yoshgacha bo‘lgan stajer-tadqiqotchilari, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilari o‘zlarining ilmiy ishlari bilan ishtirok etishdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan barcha ishtirokchilarning tegishli xujjatlari holisona ko‘rib chiqildi va taqdimotlari eshitilib 200 balli tizimda baholandi.
Tanlov natijalari hamda Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra eng yuqori ball bilan Nanotarkibiy materiallarda optik va elektronik jarayonlar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi f.m.f.b.PhD, k.i.x. Jalolov Rivojiddin Ruxitdin o‘g‘l g‘olib deb topildi.
Jalolov Rivojiddin Ruxitdin o‘g‘lining xujjatlari keying bosqichlarda ishtirok etish uchun Fanlar akademiyasi tegishli Vitse-prezidentlar huzurida tashkil etilgan ekspertlar kengashiga taqdim etildi.




