DIQQAT TANLOV!

20 март 2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 20-iyun kunikengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 32-sonli bayoni36-bandida 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab, har yili muhandislik yo‘nalishlaribo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro”respublika ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish vazifasi belgilab berilgan.

Mazkur tanlovni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasimajlisining 2025-yil 28-fevraldagi 10-son bayonining 2-ilovasi bilan “2024/2025oʻquv yilida muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha respublika koʻrik tanlovlarinioʻtkazish va gʻoliblarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi.

Tanlovga joriy yilning 16-mart kunidan boshlab Oliy ta'lim, fan vainnovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon berilgan bo‘lib, joriy yilning 31-martkuniga qadar arizalarni qabul qilish (muhandis.edu.uz  platformasi orqali) rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun: Tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Engyaxshi ixtiro” yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya - 40 yoshdanoshmagan professor o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislaro‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 9 nafar g‘oliblar elektromobil, 2-o‘ring‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi, 3-o‘rin g‘oliblari pulmukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Barcha yosh olimlarni tanlovda faol ishtirok etishlarini soʻraymiz!Ajoyib imkoniyatdan foydalanib qolinglar.