2025-yilning 11-fevral kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston olima ayollari forumi oʻtkazildi.

11 февраль 2025

Forum doirasida Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Olima ayollar - e’tiborda” mavzusida ilmiy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazildi. Tadbirda respublikaning barcha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlar, jumladan Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri, f.-m.f.d. Isxakova Saida Sunnatovna ham ishtirok etdi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Shavkatovna Mirziyoyeva ishtirok etib, olima ayollarni tabrikladi va mamlakatimizda ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida berilayotgan e’tibor, olima ayollarimizning izlanishlari, tadqiqotlari va kashfiyotlari yuqori baholanayotgani ta’kidlab oʻtildi. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan “Olima ayollar – 2024” loyihalar tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Wonder Women hamkorligida hamda Osiyo taraqqiyot banki homiyligida tashkil etilgan “O‘zbekistonda ayollar fan sohasida” veb-saytining taqdimoti o‘tkazildi. https://academy.uz/uz/news/ozbekiston-olima-ayollari-forumi-otkazildi
ФОТО: