TOSHKENT TELEKANALI "YANGI TARAQQIYOT DAVRI" KOʻRSATUVIDA MULOQOT

20 январь 2025

2025-yil 16-yanvar kuni "Toshkent" telekanalida "Yangi taraqqiyot davri" koʻrsatuvida institutning “Adsorbtsion va emission hodisalar  laboratoriyasi” mudiri f.-m.f.d. S.S.Isxakova ishtirok etdi.

Koʻrsatuv “Oʻzbekistonda xotin-qizlarning ilmiy faoliyati: ilhomlantiruvchi hikoyalar va ularning mamlakat kelajagiga ta'siri” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda OTM va ITIlarda ilmiy faoliyat yuritayotgan olima ayollar ishtirok etishdi.

Koʻrsatuv davomida xotin-qizlar ta'limi va ularning ilmiy faoliyati bugungi kunda taraqqiyotning eng muhim shartlari hisoblanishi, ayol olimalarning paydo boʻlishi xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnining mustaxkamlanishiga hamda ilmiy xamjamiyatning yanada inklyuziv boʻlishiga yordam berishi, bugungi kunda olima ayollarimiz soni koʻpaydimi, ular uchun  qanday  shart-sharoitlar yaratildi, ularning chet-ellarda ta'lim olishlari uchun keng imkoniyatlar berilyaptimi, bu esa oʻz natijarini beryaptimi kabi savollarga javob olish  maqsadida ilm yoʻlida mehnat qilib kelayotgan ustoz olimalar bilan suhbat olib borildi. Jumladan institutning laboratoriya mudiri, f.-m.f.d. S.S.Ishakova xotin-qizlar ta'limiga berilayotgan e'tibor avval qanday edi, hozirgi kunda qanday eshiklarni ochdi, vaziyat qanday, kabi savollarga oʻzining faoliyati misolida toʻxtalib oʻtdi. Ilgari ilm bilan shugʻulladigan ayollar juda kam edi. Ayollarga oila va farzandlar tarbiyasi bilan ilmni birga olib borishi qiyin boʻlgan. Bunga sabab ilmiy tadqiqot ishimiz uchun ma'lumotlarni toʻplash koʻp vaqt talab qilardi, koʻp vaqtimiz kutubxonalarda oʻtardi. Hozirda esa yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bunga oddiy misol ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi, ular oʻz yoʻnalishlari boʻyicha kerakli ma'lumotlarni osongina topa olishi, nufuzli chet el jurnallari orqali olimlarning ilmiy tadqiqotlari bilan tanisha olishlaridir. Bizning institutimizda ham oxirgi yillarda tayanch doktaranturaga oʻqishga qabul qilinganlar orasida ayol-qizlarimizning soni tobora ortib bormoqda ular oʻz ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli bajarib kelishmoqda. Bunga misol qilib 2024-yilning oʻzida 3 nafar ayol izlanuvchilarimiz fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va 1 nafar ayol izlanuvchimiz doktorlik (DSc) dissertasiyasini himoya qildi, bu esa texnika fanlari yoʻnalishida katta yutuq hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xotin–qizlar ta'limini rivojlantirish, ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mamlakat ilmiy salohiyatini kuchaytirishga yordam beradi. Olima ayollar Oʻzbekistonning bebaho boyligidir. Ular nafaqat ilmiy potensialni kuchaytiradi, balki minglab yoshlarni ilm olishga ilhomlantiradi, ilmiy loyihalar, innovasiya va ixtirolarning koʻpayishiga oʻz hissalarini qoʻshadilar.