
O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalar instituti oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutiga 2025 o‘quv yili uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e'lon qiladi. Hujjatlar 2024 yil 15-sentyabrdan-15 oktyabrgacha phd.mininnovation.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Ixtisosliklar:
1. Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi.
2. Fizik elektronika.
3. Optika.
4. Kondensirlangan muhit fizikasi.
5. Lazer fizikasi .
6. Nanomateriallar fizikasi va texnlogiyasi.
DSc:
Fizik elektronika ixtisosligi bo’yicha – 1 ta o’rin
PhD:
1. Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi - 4 ta o’rin
2. Fizik elektronika. - 5 ta o’rin
3. Optika. - 3 ta o’rin
4. Kondensirlangan muhit fizikasi - 1 ta o’rin
5. Lazer fizikasi .- 1 ta o’rin
6. Nanomateriallar fizikasi va texnlogiyasi - 4 ta o’rin
Stajyor tadqiqotchilik:
1. Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi - 1 ta o’rin
2. Fizik elektronika. - 1 ta o’rin
3. Optika. - 1 ta o’rin
4. Nanomateriallar fizikasi va texnlogiyasi - 1 ta o’rin
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Ariza - Institut direktori nomiga
- Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
- Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
- Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis- tayanch doktorantlar uchun, 3 ta maqola).
- Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
- Pasport nusxasi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
- Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B1” daraja. Stajyor tadqiqotchilikga talab etilmaydi.
Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlab Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (daraja.ilmiy.uz) orqali 15-sentabrdan 15-oktabrgacha roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Tel.: 71 2623254
M. Ulug’bek tuman, Do’rmon Yo’li ko’chasi 33