IPEC-9 Xalqaro Fizikaviy Elektronika Konferensiyasi

4 июль 2024
To‘qqizinchi Xalqaro Fizikikaviy Elektronika Konferensiyasi (IPEC-9) 2024-yil 3-4-oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Ushbu konferensiya fizikaviy elektronika sohasiga bag‘ishlangan tizimli-ilmiy uchrashuvlarning davomidir va sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun yetakchi forum sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlagan. Tashkil topganidan buyon IPEC muhim voqelikka aylangan bo‘lib, O‘zbekiston va dunyoning turli burchaklaridan tadqiqot institutlari, universitetlar, ilmiy markazlar va iqtisodiy sektorlardan ishtirokchilarni jalb qiladi. Konferensiyada taklif qilingan taniqli olimlarning fizikaviy elektronika, materialshunoslik, nanotexnologiya, optika va lazer fizikasiga iqtisoslashgan ma'ruzalari taqdim etiladi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. IPEC-9 ga qo‘shiling va fizikaviy elektronika sohasidagi so‘nggi yutuqlar va kelajakdagi tendensiyalar bo‘yicha muhokamalarda ishtirok eting!