Institutimiz bosh ilmiy xodimi f.-m.f.d., kat.i.x. Maksudbek Sultanmuratovich Yusupov 16-20 iyun kunlari ICOPS 2024 da ishtirok etdi

4 июль 2024

Institutimiz bosh ilmiy xodimi f.-m.f.d., kat.i.x. Maksudbek Sultanmuratovich Yusupov 16-20 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida o‘tkazilgan Plazma fanlari bo‘yicha 51-IEEE xalqaro anjumani (51st IEEE International Conference on Plasma Science – ICOPS 2024) da taklif qilingan ma’ruza bilan qatnashib keldi. Ushbu nufuzli anjumanda plazma sohasi bo‘yicha turli yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat olib borayotgan dunyoning nufuzli ilmiy markazlari, ilmiy tadqiqot institutlari va universitetlaridan bir nechta yuzlab olimlar qatnashishdi.

Anjuman davomida Dr. Yusupov taklif qilingan ma’ruzasi bilan qatnashishdan tashqari Xitoy va boshqa mamlakatlarning bir nechta universitetlari va ilmiy tadqiqot institutlari professorlari bilan ilmiy muhokamalar o‘tkazib, plazma sohasida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi hamda ilmiy hamkorlik qilish bo‘yicha bir nechta kelishuvlarga erishdi. Xususan, Prof. Quan-Zhi Zhang (Dalian University of Technology, Dalian shahri), Prof. Yuan‐Tao Zhang (Shandong University, Jinan shahri), Prof. Sunghoon Lee (Korean Institute of Material Science, Changwon shahri), Prof. Chunqi Jiang (Old Dominion University, Norfolk shahri), akademik Tilekkabul Ramazanov (Al-Farabi Kazakh National University, Almaty shahri) va boshqa olimlar bilan ikki tomonlama ilmiy hamkorlik qilish, qo‘shma ilmiy maqolalar yozish, o‘zaro yosh olimlar uchun ilmiy stajirovkalar uyushtirish hamda qo‘shma loyihalar yozish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

ФОТО: