2024 yil 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan institutning umumiy yig‘ilishi

11 январь 2024

O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida 2024 yil 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan institutning umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 27-dekabrdagi 21-126-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oliy malakali ilmiy xodimlarni tayyorlashda fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan, institutda ko‘p yillik samarali mehnat qilgan quyidagi institut xodimlarif.-m.f.d., prof. Isaxanov Z.A., f.-m.f. bo‘yicha falsafa doktori, kix. Abduraxmanov B.M. va f.-m.f.n., kix Trunilina O.V. “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80-yilligi” esdalik nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlandi. Shuningdek, shu kuni institutning kengaytirilgan Ilmiy kengash yig‘ilishida 2024-yilda bajariladigan byudjet mavzu rejalari va turli masalalar muhokama qilindi.

ФОТО: