Vatandosh olimlarning institutga tashrifi

22 Май 2023

2023 yil 19 may kuni fizika-matematika fanlari doktori, Amerika fizika jamiyati a'zosi, Dallasdagi Texas universiteti qoshidagi Nanotexnologiyalar instituti direktorining o‘rinbosari, professor Anvar Abdulaxadovich Zaxidov va Koreyadagi Sejong Universiteti Prezidenti Suklyun XONG bilan birgalikda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida institutning moddiy texnik bazasi, yangi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va yosh olimlar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Shundan so‘ng professor Anvar Zaxidov Texas universiteti haqida va ilmiy natijalari to‘g‘risida, professor Suklyun XONG o‘zi faoliyat olib borayotgan Sejong Universiteti va ilmiy laboratoriyalari haqida to‘liq ma'lumot berishdi. Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Yig‘ilish yakunida institut yosh olimlarini stajirovkaga taklif etishdi. Kelgusida har ikkala institut bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

ФОТО: