Nanostrukturali materiallarda optik va elektron jarayonlar laboratoriyasi

Laboratoriya mudiri:
Shaymardanov Zafar Shapaatovich
fiziko-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori bo‘yicha (PhD), k.i.x.
e-mail: zshaymardanov@mail.ru

Laboratoriyaning ilmiy yo‘nalishlari:

  • Rux oksidi asosli nanostrukturali materialar sintez qilish va gibrid geterostrukturalar yaratish;
  • Nanomateriallarning strukturaviy, optik va elektr xossalarini tadqiq qilish;
  • Nanokristallar, nanorodlar va yupqa plyonkalar, foton kristallarining lazer lyuminestsent spektroskopiyasi;
  • Nanostrukturali materialarda nochiziqli hodisalar va defektlar hosil qilish;
  • Kremniy karbidida va rux oksidida sirt elektron hodisalari;
  • Nanozarralar, plyonkalar va suyuq strukturalar elektron mikroskopiyasi.

Laboratoriya xodimlari lazer lyuminestsent spektroskopiyasi, v kristallarda elektron va ion sochilishi sohalarida ko‘p yillik tadqiqot tajribalariga ega. Ular tomonidan o‘ta toza optik shishalar lyuminestsentsiyasi, foton kristallaridagi optik hodisalar, sun'iy opal ta'qiqlangan zonasining ulьtrabinafsha nur va opal g‘ovaklariga kiritilgan turli elementlar ta'sirida o‘zgarishi, sun'iy opal taqiqlangan zonasining uning g‘ovaklariga kiritilgan elementlar lyuminestsentsiya xossalariga ta'siri, ZnO uyasimon g‘ovak plyonkalarida foton-plazmon ta'sirlashuvi, ZnO nanozarralari va nanorodlari tadqiq qilindi. Foton kristali va ZnO asosida lyuminestsentsiya rangini va tarqalayotgan nurni boshqarishga imkon beruvchi, yaqqol foton ta'qiqlangan zonaga ega nanokompozitlar yaratildi. Past haroratli toblashda LiF/Si(111) plyonkalarida agregatsiyalar hosil bo‘lish kinetikasi va kolloid markazlar o‘rganildi, 4H-SiC ga diffuziya qilish va legirlash usuli yaratildi.

Hozirgi vaqtda laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqotlar noyob xossalarga va fan va texnikaning turli sohalarida, jumladan quyosh energetikasini rivojlantirishda keng istiqbolga ega yangi nanostrukturali materiallar yaratish va ularni tadqiq qilishga yo‘naltirilgan. Ikkilamchi ionlar mass-spektroskopik analizi yordamida kabelь ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladigan mis katankalarida turli aralashmalarni aniqlash usuli ustida tashabbus tadqiqotlar olib borilyapti. Laboratoriyada rux oksidi nanorodlari i nanozarralari asosida geterostrukturlar yaratish va tadbiq qilishga bog‘ishlangan fundamental loyiha bajarilmoqda. Laboratoriyada rux oksidi nanostrukturalarini (nanazarralar, nanorodlar va yupqa plyonkalar) sintez qilish to‘liq texnologik jarayoni yaratilgan.

Laboratoriya nanomateriallarning strukturasi, optik, elektron va elektr hossalarini kompleks o‘rganishga imkon beruvchi zamonaviy eksperimental bazaga ega.

Asosiy ilmiy natijalar:

  • Rux oksidi nanozarralarini, nanorodlarini va elektr o‘tkazuvchi, shaffof, g‘ovak strukturali plyonkalarni notoksik, past haroratda eritmadan kimyoviy cho‘ktirish bilan sintez qilish usuli ishlab chiqildi.
  • Birinchi marta ZnO nanokristallarida lyuminestsentsiyaning eksiton polosasi intensivligi spektrning ko‘rish sohasidagi nurlanish yordamida modulyatsiya qilindi va kuzatilgan hodisa ZnO strukturasida kislorod vakansiyalarining qayta zaryadlanishi orqali tushuntirildi.
  • Rux oksidi nanostrukturalaridagi rux vakansiyasining (bo‘sh o‘rin) spektral xossalariga geterostrukturali quyosh elementlarini yaratishda belgilovchi rolь o‘ynashi mumkin bo‘lgan kislorod, vodorod va ulьtrabinafsha nurning ta'siri kuzatildi.
  • Sun'iy opal g‘ovaklariga organik bo‘yoq va ZnO nanokristallari kiritilganda uning foton taqiqlangan zonasining o‘zgarishi o‘rganiladi.
  • Sun'iy opal asosida yaratilgan nanokompozitlarda ZnO nanokristallaridan opal matritsaga energiya uzatilish imkoniyatlari ko‘rsatildi.
  • Ulьtrabinafsha nur ta'sirida foton kristal nanokompozitlarida ikkilanma nur sinishi hodisasi kuzatildi va indutsirlangan sindirish ko‘rsatkichining o‘zgarishi baholandi.
  • Ion kristallari sochilgan iklasterlarida nuqsonlarni aniqlash usuli ishlab chiqildi.
  • Kremniy karbidini past haroratli legirlash usuli ishlab chiqildi va AQSh patenti olindi.

Laboratoriyada sintez qilingan nanostrukturalar

Skanlovchi elektron mikroskop yordamida olingan sun'iy opal va organik bo‘yoq asosli nanokompozitning mikrofotografiyasi

Skanlovchi elektron mikroskop yordamida olingan sun'iy opal va rux oksidi nanokristallari asosli nanokompozitning ko‘ndalang kesimi mikrofotografiyasi

Skanlovchi elektron mikroskop yordamida olingan ZnO nanokristallari mikrofotografiyasi

Skanlovchi elektron mikroskop yordamida olingan ZnO nanorodlari mikrofotografiyasi

Skanlovchi elektron mikroskop yordamida olingan ZnO kturali plyonkasi mikrofotografiyasi

Laboratoriyaning moddiy-texnik bazasi

300-1200 nm spektral diapazonda qattiq va suyuq moddalar lyuminestsentsiyasi spektral va kinetik xossalarini impulьsni stroblash yo‘li bilan tadqiq qilish va vaqt bo‘yicha ajratilgan lyuminestsentsiya spektrlarini qayd qilish mo‘ljallangan kompьyuterlashtirilgan qurilma

200-1200 nm spektral diapazonda namunalarning yutilish, nur qaytarish va nur o‘tkazish optik spektrlarini o‘lchashga ixtisoslashtirilgan MDR-23 monoxromatori bazasidagi kompьyuterlashtirilgan qurilma

Quvvati va ish rejimi har xil bo‘lgan gazli lazerlar: N2-lazeri (337 nm, 15 va 100 kVt), Ar+-lazeri (457.9, 476.5, 488, 496.5 va 514.5 nm, 5 Vt)

ZnO nanostrukturalarini sintez qilish kimyoviy asbob-uskunalar kompleksi

Laboratoriyaning o‘zaro hamkorlik aloqalari:

  • Dongguk Universiteti (Dongguk University) (Janubiy Koreya);
  • Uxan Universiteti (Wuhan University) (Xitoy);
  • Ukraina FA Yarim o‘tkazgichlar instituti (Ukraina);
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti;
  • Samarqand davlat universiteti;
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti va boshqalar.