U.A.Arifov nomidagi Elektronika instituti 1967 yil tashkil etilgan. 2012 yilda O‘zRFA U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti bo‘lib o‘zgartirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 maydagi №PQ-2524 qarori bilan tugatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 maydagi 292-son qarorlariga muvofiq Fanlar akademiyasi tizimida U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti o‘z faoliyatini yangidan tashkil etgan.